عَن سَعْدِ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ قَالَ: عَادَنِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَنَا مَرِيضٌ فَقَالَ: «أَوْصَيْتَ؟» قُلْتُ: نَعَمْ قَالَ: «بِكَمْ؟» قُلْتُ: بِمَالِي كُلِّهِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ. قَالَ: «فَمَا تَرَكْتَ لِوَلَدِكَ؟» قُلْتُ: هُمْ أَغْنِيَاءُ بِخَيْرٍ. فَقَالَ: «أوص بالعشر» فَمَا زَالَت أُنَاقِصُهُ حَتَّى قَالَ: «أَوْصِ بِالثُّلُثِ وَالثُّلُثُ كَثِيرٌ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Saʼd ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Men kasal yotgan paytimda Rasululloh ﷺ meni yoʻqlagani keldilar va: ‹Vasiyat qildingmi?› dedilar. Men: ‹Ha›, dedim. U zot: ‹Qanchaga?› dedilar. Men: ‹Butun molimni Alloh yoʻlida (sadaqa qilishga)›, dedim. U zot: ‹Bolalaringga nima qoldirding?› dedilar. Men: ‹Ular yaxshilik bilan boy (kishilar)›, dedim. U zot: ‹Ondan birga (ushrga) vasiyat qil›, dedilar. Men u zot bilan kamaytirib turaverdim, nihoyat: ‹Uchdan birga vasiyat qil, uchdan biri ham koʻpdir›, dedilar», dedi. Abu Abdurrahmon aytdi: Biz Rasululloh ﷺning ‹uchdan biri ham koʻpdir› degan soʻzlari sababli uchdan biridan ham kam (vasiyat qilinishini) maʼqul koʻramiz. Abu Iso aytdi: Saʼd hadisi hasan sahih hadisdir, undan bir necha yoʻl bilan rivoyat qilingan. Undan ‹uchdan biri ham koʻpdir› deb ham rivoyat qilingan. Ilm ahli huzurida amal shunga binoan boʻlib, ular kishining uchdan biridan koʻpga vasiyat qilishini joiz koʻrmaydilar va uchdan biridan ham kam (vasiyat qilishini) maʼqul koʻradilar. Sufyon as-Savriy aytdi: Ular vasiyatda beshdan birni toʻrtdan birdan, toʻrtdan birni uchdan birdan afzal koʻrar edilar; kim uchdan birga vasiyat qilsa, hech narsa qoldirmagan boʻladi, unga uchdan biridan boshqasi joiz emas.