عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمُ الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ فَإِنَّهُ أَغَضُّ لِلْبَصَرِ وَأَحْصَنُ لِلْفَرْجِ وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ»
Alqama (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Mino (vodiy)sida Abdulloh (ibn Masʼud) bilan yurardim, shunda unga Usmon yoʻliqdi va u bilan birga turib, suhbatlasha boshladi. Usmon unga: «Yo Abu Abdurahmon! Senga yosh joriyani uylantirib qoʻymaylikmi? Ehtimol u senga oʻtmishingdagi baʼzi narsalarni eslatib turar», dedi. (Alqama) dedi: Shunda Abdulloh: «Mabodo shuni aytsang (bil-ki), Rasululloh ﷺ bizga: ‹Ey yigitlar jamoasi! Sizlardan kim uylanishga qodir boʻlsa, uylansin. Zero, bu (nigohni gunohdan) toʻsuvchiroq va avratni saqlovchiroqdir. Kim qodir boʻlmasa, roʻza tutsin. Zero, bu uning uchun (shahvatni boʻgʻuvchi) qalqondir›, deganlar», dedi.