وَعَنْ سَعْدِ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ قَالَ: رَدَّ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى عُثْمَان ابْن مَظْعُونٍ التَّبَتُّلَ وَلَوْ أَذِنَ لَهُ لَاخْتَصَيْنَا
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Usmon ibn Mazʼunning tabattul (uylanmay tarki dunyo qilish)ini rad etdilar. Agar u zot unga (shunga) ruxsat berganlarida, biz oʻzimizni axta qildirgan boʻlardik.