وَعَنْ عُمَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ إِلَّا كَانَ ثالثهما الشَّيْطَان» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Ayollarning oldiga kirishdan saqlaninglar», dedilar. Shunda ansorlardan bir kishi: «Yo Rasululloh, hamv (erning qarindoshi) haqida nima deysiz?» dedi. (U zot): «Hamv — oʻlimdir», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Umar, Jobir va Amr ibn al-Osdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Uqba ibn Omirning hadisi hasan sahihdir. Ayollarning oldiga kirishning makruhligi maʼnosi Paygʻambar ﷺdan rivoyat qilingan: «Erkak ayol bilan yolgʻiz qolmasin, albatta uchinchisi shaytondir», degan soʻzlari kabidir. «Hamv» soʻzining maʼnosi haqida aytiladiki, u — erning akasi (yoki ukasi)dir, goʻyo (Paygʻambar ﷺ) uning u bilan yolgʻiz qolishini makruh sangan.