وَعَنْ جَابِرٌ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا تَلِجُوا عَلَى الْمُغَيَّبَاتِ فَإِنَّ الشَّيْطَانَ يَجْرِي مِنْ أَحَدِكُمْ مَجْرَى الدَّمِ» قُلْنَا: وَمِنْكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: «وَمِنِّي وَلَكِنَّ الله أعانني عَلَيْهِ فَأسلم» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Jobir (roziyallohu anhu)dan, u Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Eri yoʻq (gʻoyib) ayollarning oldiga kirmanglar, chunki shayton biringizning (vujudingizda) qon yurgani kabi yuradi», dedilar. Biz: «Sizning (vujudingizda) hammi?» dedik. (U zot): «Mening (vujudimda) ham, lekin Alloh menga uning ustidan yordam berdi, men (undan) salomat boʻldim», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis bu jihatdan gʻaribdir. Baʼzilari Mujolid ibn Said haqida hifzi (xotirasi) jihatidan (tanqid) gapirganlar. Men Ali ibn Xashramning shunday deganini eshitdim: Sufyon ibn Uyayna Paygʻambar ﷺning «lekin Alloh menga uning ustidan yordam berdi, men salomat boʻldim» degan soʻzlarining tafsirida: «Yaʼni, men undan salomat boʻlaman, demakdir», dedi. Sufyon aytdi: Shayton musulmon boʻlmaydi. «Eri yoʻq ayollarning oldiga kirmanglar» (degandagi) mugʻiyba — eri gʻoyib boʻlgan ayoldir, mugʻiybot esa mugʻiybaning koʻpligidir.