وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيُّ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمَ حُنَيْنٍ بَعَثَ جَيْشًا إِلَى أَوْطَاسٍ فَلَقُوا عَدُوًّا فَقَاتَلُوهُمْ فَظَهَرُوا عَلَيْهِمْ وَأَصَابُوا لَهُمْ سَبَايَا فَكَأَنَّ نَاسًا مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَحَرَّجُوا مِنْ غِشْيَانِهِنَّ مِنْ أَجْلِ أَزْوَاجِهِنَّ مِنَ الْمُشْرِكِينَ فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى فِي ذَلِكَ (وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ النِّسَاء إِلَّا مَا ملكت أَيْمَانكُم) أَيْ فَهُنَّ لَهُمْ حَلَالٌ إِذَا انْقَضَتْ عِدَّتُهُنَّ. رَوَاهُ مُسلم
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Hunayn kuni Avtos (tomon)ga bir qoʻshin joʻnatdilar. Ular dushman bilan uchrashib, ular bilan jang qildilar va ularning ustidan gʻolib chiqib, ulardan (ayrim) asiralarni qoʻlga kiritdilar. Rasululloh ﷺ ning ashoblaridan baʼzi kishilar bu (asira)larning erlari mushriklardan boʻlgani sababli ular bilan yaqinlik qilishdan tortinib qoldilar. Shunda Alloh azza va jalla bu haqda: {Erli ayollar (ham harom qilindi), faqat qoʻlingizga (asir tushib) molik boʻlganlaringiz bundan mustasno} (Niso 24), — yaʼni iddalari tugaganda ular sizlar uchun haloldir, deb nozil qildi.