عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى أَنْ تُنْكَحَ الْمَرْأَةُ عَلَى عَمَّتِهَا أَوِ الْعَمَّةُ عَلَى بِنْتِ أَخِيهَا وَالْمَرْأَةُ عَلَى خَالَتِهَا أَوِ الْخَالَةُ عَلَى بِنْتِ أُخْتِهَا لَا تُنْكَحُ الصُّغْرَى عَلَى الْكُبْرَى وَلَا الْكُبْرَى عَلَى الصُّغْرَى. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ والدارمي وَالنَّسَائِيّ وَرِوَايَته إِلَى قَوْله: بنت أُخْتهَا
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ ayolni uning ammasi ustiga yoki ammani uning aka-uka qizi ustiga, yoki ayolni uning xolasi ustiga yoki xolani uning opa-singil qizi ustiga (qoʻshib) nikohlashdan qaytardilar. Kichigi kattasi ustiga, kattasi ham kichigi ustiga nikohlanmaydi. Abu Iso aytdi: Ibn Abbos va Abu Hurayraning hadisi hasan sahih hadisdir. Aksar ilm ahli shu (rivoyatga) amal qiladilar, biz ular orasida ixtilof borligini bilmaymiz: kishiga ayol bilan uning ammasini yoki xolasini birga olishi halol emas. Agar u bir ayolni uning ammasi yoki xolasi ustiga, yoki ammani uning aka-uka qizi ustiga nikohlasa, ulardan keyingisining nikohi buziladi. Aksar ilm ahli shuni aytadi. Abu Iso aytdi: Shaʼbiy Abu Hurayraga yetishgan va undan rivoyat qilgan. Men buni Muhammaddan soʻradim, u: Sahihdir, dedi. Abu Iso aytdi: Shaʼbiy bir kishi orqali Abu Hurayradan ham rivoyat qilgan.