وَعَنْ سَعْدِ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ: أَنَّ رَجُلًا جَاءَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِنِّي أعزل عَن امْرَأَتي. فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم: «لم تفعل ذَلِك؟» فَقَالَ الرَّجُلُ: أَشْفِقُ عَلَى وَلَدِهَا. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَوْ كَانَ ذَلِكَ ضاراً ضرّ فَارس وَالروم» . رَوَاهُ مُسلم
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: bir kishi Rasululloh ﷺ huzuriga kelib: «Men xotinimdan azl qilaman (qoʻshilish chogʻida nutfani tashqariga toʻkaman)», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ unga: «Nega bunday qilasan?» dedilar. Haligi kishi: «Men uning bolasidan — yoki bolalaridan — qoʻrqaman (zarar yetmasin deyman)», dedi. Rasululloh ﷺ: «Agar shu (azl) zarar yetkazadigan boʻlganida, forslar bilan rumliklarga zarar yetkazgan boʻlardi», dedilar. Zuhayr oʻz rivoyatida: «Agar shu uchun boʻlsa, (qilma!) Bu narsa na forslarga, na rumliklarga zarar yetkazdi», dedi.