وَعَن جذامة بِنْتِ وَهْبٍ قَالَتْ: حَضَرْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي أُنَاسٍ وَهُوَ يَقُولُ: «لقد هَمَمْت أَن أَنْهَى عَنِ الْغِيلَةِ فَنَظَرْتُ فِي الرُّومِ وَفَارِسَ فَإِذَا هُمْ يُغِيلُونَ أَوْلَادَهُمْ فَلَا يَضُرُّ أَوْلَادَهُمْ ذَلِكَ شَيْئًا» . ثُمَّ سَأَلُوهُ عَنِ الْعَزْلِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " ذَلِكَ الوأد الْخَفي وَهِي (وَإِذا الموؤودة سُئِلت) رَوَاهُ مُسلم
Ukkoshaning singlisi Judoma bint Vahb (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Men bir necha kishilar qatorida Rasululloh ﷺ huzurlarida hozir boʻldim, u zot: ‹Men gʻiyladan qaytarmoqchi boʻlgan edim, soʻng Rum va Forslar haqida (oʻylab) qaradim, mana ular bolalarini emizikli xotinlari bilan yaqinlik qilib turib emizar ekanlar, lekin bu ularning bolalariga hech qanday zarar yetkazmas ekan›, deb aytayotgan edilar», dedi. Soʻng ular u zotdan azl haqida soʻrashdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «U yashirin tiriklayin koʻmishdir», dedilar. Ubaydulloh al-Muqriʼdan (rivoyat qilgan) hadisida (bu oyatni) ziyoda qildi: u (azl) {Tiriklayin koʻmilgan qiz (qaysi gunoh uchun oʻldirilgani) soʻralganda} (Takvir 8) (oyatidagi) holdir.