قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «طَعَامُ أَوَّلِ يَوْمٍ حق وَطَعَام يَوْم الثَّانِي سنة وَطَعَام يَوْم الثَّالِثِ سُمْعَةٌ وَمَنْ سَمَّعَ سَمَّعَ اللَّهُ بِهِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Birinchi kunning taomi haqdir, ikkinchi kunning taomi sunnatdir, uchinchi kunning taomi (shuhrat uchun) eshittirishdir. Kim (amalini) eshittirsa, Alloh ham uni (sharmandalik bilan) eshittiradi», dedilar. Abu Iso aytdi: Ibn Masʼudning hadisini Ziyod ibn Abdullohning hadisidan boshqa yoʻl bilan marfuʼ holida bilmaymiz. Ziyod ibn Abdulloh esa gʻarib va munkar (rivoyatlari) koʻp (rovi)dir. (Abu Iso) aytdi: Men Muhammad ibn Ismoilning Muhammad ibn Uqbadan zikr qilib aytishini eshitdim: Vakiʼ aytdi: Ziyod ibn Abdulloh oʻz sharafi bilan birga hadisda yolgʻon gapirmaydi.