وَعَنْ عِكْرِمَةَ عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى عَنْ طَعَامِ الْمُتَبَارِيَيْنِ أَنْ يُؤْكَلَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَقَالَ مُحْيِي السُّنَّةِ: وَالصَّحِيحُ أَنَّهُ عَنْ عِكْرِمَةَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مُرْسَلًا
Horun ibn Zayd ibn Abiz-Zarqo rivoyat qiladi. Bizga otam, unga Jarir ibn Hozim Zubayr ibn Xirritdan rivoyat qildi. U dedi: Ikrimani shunday deganini eshitdim: Ibn Abbos: «Nabiy ﷺ bir-biri bilan (maqtanib) musobaqalashuvchi ikki kishining taomini yeyishdan nahy qildilar (qaytardilar)», der edi. Abu Dovud aytdi: Uni Jarirdan rivoyat qilganlarning koʻpchiligi unda Ibn Abbosni zikr qilmaydi. Horun an-Nahaviy esa unda Ibn Abbosni ham zikr qilgan, Hammod ibn Zayd esa Ibn Abbosni zikr qilmagan.