عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «الْمُتَبَارِيَانِ لَا يُجَابَانِ وَلَا يُؤْكَلُ طَعَامُهُمَا» . قَالَ الْإِمَامُ أَحْمَدُ: يَعْنِي المتعارضين بالضيافة فخراً ورياء
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir-biri bilan bellashuvchi ikki kishining taklifi qabul qilinmaydi va ularning taomi yeyilmaydi», dedilar. Imom Ahmad: «Bu — mehmondorchilikda faxr va riyo uchun bir-biri bilan musobaqalashadigan ikki kishini bildiradi», dedilar. Bayhaqiy Shuʼab al-iymonda rivoyat qilgan.