وَعَنْهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا أَرَادَ سَفَرًا أَقْرَعَ بَيْنَ نِسَائِهِ فأيهن خَرَجَ سَهْمُهَا خَرَجَ بِهَا مَعَهُ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ safarga chiqmoqchi boʻlgan har safar, u zot — zavjalaridan qaysi biri u bilan (birga) borishni — qurʼa (chek) tashlab (aniqlar) edi; ismi chiqqanini oʻzi bilan olar edi. U zot ularning har biriga bir kun va bir kechani belgilab qoʻygan edi. Lekin Savda bint Zamʼa oʻz (navbati) kuni va kechasini — Allohning Rasuli ﷺ ning roziligini (mamnunligini) istab — Paygʻambar ﷺ ning zavjasi Oishaga berdi (voz kechdi).