وَعَنْ حَكِيمِ بْنِ مُعَاوِيَةَ الْقُشَيْرِيِّ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا حَقُّ زَوْجَةِ أَحَدِنَا عَلَيْهِ؟ قَالَ: «أَنْ تُطْعِمَهَا إِذَا طَعِمْتَ وَتَكْسُوَهَا إِذَا اكْتَسَيْتَ وَلَا تَضْرِبِ الْوَجْهَ وَلَا تُقَبِّحْ وَلَا تَهْجُرْ إِلَّا فِي الْبَيْتِ» . رَوَاهُ أَحْمد وَأَبُو دَاوُد وَابْن مَاجَه
Muso ibn Ismoil Hammoddan, u Abu Qazaʼa al-Bohiliydan, u Hakim ibn Muoviya al-Qushayriydan, u otasi (Muoviya al-Qushayriy) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi. U dedi: «Men: ‹Ey Rasululloh, birimizning xotinining er ustidagi haqi nima?› dedim. U zot: «Oʻzing yeganingda unga taom berishing, oʻzing kiyganingda unga kiydirishing, yuziga urmasliging, uni qabihlamasliging (yaʼni ‹Alloh seni xunuk qilsin› demasliging) va (agar undan yuz oʻgirsang) faqat uy ichida (boshqa joyga emas) yuz oʻgirishingdir», dedilar. Abu Dovud aytdi: «Uni qabihlama» — ‹Alloh seni xunuk qilsin› deyishingdir.