وروى أَبُو دَاوُد وابنُ مَاجَه والدارمي عَن سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ عَنْ سَلَمَةَ بْنِ صَخْرٍ نحوَه قَالَ: كنتُ امْرأ أُصِيبُ مِنَ النِّسَاءِ مَا لَا يُصِيبُ غَيْرِي وَفِي روايتهِما أَعنِي أَبُو دَاوُدَ وَالدَّارِمِيَّ: «فَأَطْعِمْ وَسْقًا مِنْ تَمْرٍ بَيْنَ سِتِّينَ مِسْكينا»
Salama ibn Saxr al-Bayoziy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men ayollar bilan boshqalar uchun nasib boʻlmagan darajada koʻp (yaqinlik) qiladigan kishi edim. Ramazon oyi kirgach, xotinim bilan biror narsa qilib qoʻyishdan va bu (gunoh) tongga qadar menga ergashib yurishidan qoʻrqib, Ramazon oyi tugaguniga qadar undan zihor qildim (yaʼni: ‹Sen menga onamning beli kabisan› dedim). Bir kecha u menga xizmat qilib turganida, ungina (badanidan) bir narsa menga ochilib qoldi. Men shu zahoti uning ustiga sapchib chiqdim. Tong otgach, qavmim oldiga chiqib, ularga voqeani xabar berdim va: ‹Men bilan Rasululloh ﷺ huzurlariga yuringlar›, dedim. Ular: ‹Yoʻq, vallohi (bormaymiz)›, dedilar. Shunda men Paygʻambar ﷺ huzurlariga bordim va u zotga xabar berdim. U zot: ‹Sen shu (ishni qilding)mi, ey Salama?› dedilar. Men: ‹Men shuni (qildim), ey Rasululloh, ikki marta (shunday boʻldi), men Allohning amriga sabr qiluvchiman, Alloh sizga koʻrsatgan narsa boʻyicha men haqimda hukm qiling›, dedim. U zot: ‹Bir qul ozod qil›, dedilar. Men: ‹Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, bundan boshqa qulim yoʻq›, deb boʻynimning sirtiga urdim. U zot: ‹Unda ketma-ket ikki oy roʻza tut›, dedilar. Men: ‹Men bu (balo)ga roʻzadan (yaʼni och qolishdan) boshqa narsadan giriftor boʻldimmi?› dedim. U zot: ‹Unda oltmish miskinga bir vasq xurmo yedir›, dedilar. Men: ‹Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, biz oziq-ovqatsiz, och kechalar oʻtkazdik›, dedim. U zot: ‹Unda Banu Zurayqning sadaqa egasi (yigʻuvchisi) oldiga bor, u uni senga bersin. Soʻng oltmish miskinga bir vasq xurmo yedir, qolganini esa oʻzing va oilang yenglar›, dedilar. Soʻng men qavmim oldiga qaytdim va: ‹Men sizlarning oldingizda torchilik va yomon fikrni, Paygʻambar ﷺ huzurlarida esa kenglik va yaxshi fikrni topdim. U zot menga sizlarning sadaqangizni (berishni) buyurdilar›, dedim.» Ibnul-Alo (rivoyatida) qoʻshimcha qildi: «Ibn Idris aytdi: ‹Bayoza Banu Zurayqdan boʻlgan bir urugʻdir.›»