وَعَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ عَنْ سَلَمَةَ بْنِ صَخْرٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْمُظَاهِرِ يُوَاقِعُ قَبْلَ أَنْ يُكَفِّرَ قَالَ: «كَفَّارَة وَاحِدَة» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Salama ibn Saxr al-Bayoziy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ zihor qilib, kafforat berishdan oldin (xotini bilan) yaqinlik qilgan kishi haqida: «Bitta kafforat (yetarli)», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Koʻpchilik ilm ahli huzurida amal shunga koʻradir, bu Sufyon as-Savriy, Molik, Shofeʼiy, Ahmad va Ishoqning soʻzidir. Baʼzilari esa: ‹Agar kafforat berishdan oldin u bilan yaqinlik qilsa, unga ikkita kafforat (lozim)›, dedilar. Bu Abdurrahmon ibn Mahdiyning soʻzidir.