وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ سَعْدُ بْنُ عُبَادَةَ: لَوْ وَجَدْتُ مَعَ أَهْلِي رَجُلًا لَمْ أَمَسَّهُ حَتَّى آتِيَ بِأَرْبَعَةِ شُهَدَاءَ؟ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «نَعَمْ» قَالَ: كَلَّا وَالَّذِي بَعَثَكَ بِالْحَقِّ إِنْ كُنْتُ لَأُعَاجِلُهُ بِالسَّيْفِ قَبْلَ ذَلِكَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «اسْمَعُوا إِلَى مَا يَقُولُ سَيِّدُكُمْ إِنَّهُ لَغَيُورٌ وَأَنَا أَغْيَرُ مِنْهُ وَالله أغير مني» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Saʼd ibn Uboda: «Yo Rasululloh! Agar xotinim bilan (yot) bir erkakni topib qolsam, toʻrt guvoh keltirgunimcha unga tegmay turaymi?» — dedi. Rasululloh ﷺ: «Ha», — dedilar. (Saʼd): «Yoʻq, aslo! Sizni haq (din) bilan yuborgan Zotga qasamki, men undan oldin uni shamshir bilan tezda (jazolab) qoʻyaman», — dedi. Rasululloh ﷺ: «Sayyidingiz (boshligʻingiz) nima deyayotganini eshitinglar! Albatta, u gʻayratli (oriyatli) kishi, men esa undan ham gʻayratliroqman, Alloh esa mendan ham gʻayratliroqdir», — dedilar.