وَعَنِ الْمُغِيرَةَ قَالَ: قَالَ سَعْدُ بْنُ عُبَادَةَ: لَوْ رَأَيْتُ رَجُلًا مَعَ امْرَأَتِي لَضَرَبْتُهُ بِالسَّيْفِ غَيْرَ مُصْفِحٍ فَبَلَغَ ذَلِكَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «أَتَعْجَبُونَ مِنْ غَيْرَةِ سَعْدٍ؟ وَاللَّهِ لَأَنَا أَغْيَرُ مِنْهُ وَاللَّهُ أَغْيَرُ مِنِّي وَمِنْ أَجْلِ غَيْرَةِ اللَّهِ حَرَّمَ اللَّهُ الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَلَا أَحَدَ أَحَبُّ إِلَيْهِ الْعُذْرُ مِنَ اللَّهِ مِنْ أَجْلِ ذَلِكَ بَعَثَ الْمُنْذِرِينَ وَالْمُبَشِّرِينَ وَلَا أَحَدَ أَحَبُّ إِلَيْهِ الْمِدْحَةُ مِنَ اللَّهِ وَمِنْ أَجْلِ ذَلِكَ وَعَدَ اللَّهُ الْجَنَّةَ»
(Varrod — Mugʻiyraning kotibi — Mugʻiyradan (rivoyat qildiki,) Saʼd ibn Uboda: «Agar men oʻz xotinim bilan (boshqa) bir erkakni koʻrsam, uni qilich bilan — (qilichning) yon (yassi) tomoni bilan emas (balki tigʻi bilan) — urardim», dedi. Bu Rasululloh ﷺga yetib bordi. Shunda U zot: «Sizlar Saʼdning rashkidan taajjub qilyapsizmi? Vallohi, men undan rashkliroqman; Alloh esa mendan (ham) rashkliroqdir. Allohning rashki tufayli U fohisha (buzuq) ishlarni — oshkorasini ham, yashirinini ham — harom qildi. Allohdan koʻra — uzr (qabul qilish)ni sevadigan hech kim yoʻq; mana shuning uchun U xushxabar beruvchilar va ogohlantiruvchilarni yubordi. Allohdan koʻra — maqtovni sevadigan hech kim (ham) yoʻq; mana shuning uchun Alloh jannatni vaʼda qildi», dedilar.) (Ubaydulloh ibn Amr Abdulmalikdan: «Allohdan koʻra rashkliroq hech bir shaxs yoʻq», dedi.)