عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ لَمَّا نَزَلَتْ آيَةُ الْمُلَاعَنَةِ: «أَيُّمَا امْرَأَةٍ أَدْخَلَتْ عَلَى قَوْمٍ مَنْ لَيْسَ مِنْهُمْ فَلَيْسَتْ مِنَ اللَّهِ فِي شَيْءٍ وَلَنْ يُدْخِلَهَا اللَّهُ جَنَّتَهُ وَأَيُّمَا رَجُلٍ جَحَدَ وَلَدَهُ وَهُوَ يَنْظُرُ إِلَيْهِ احْتَجَبَ اللَّهُ مِنْهُ وفضَحَهُ على رؤوسِ الْخَلَائِقِ فِي الْأَوَّلِينَ وَالْآخِرِينَ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيّ والدارمي
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Rasululloh ﷺ liʼon qiluvchilar (oʻzaro laʼnatlashuvchilar) haqidagi oyat nozil boʻlgan vaqtda bunday deganlarini eshitdi: «Qaysi bir ayol biror qavmga undan boʻlmagan kishini (oʻzga erkakdan boʻlgan bolasini er qavmiga) kiritsa, u Allohning (rahmatidan) hech narsaga ega emasdir va Alloh uni hech qachon jannatiga kiritmas. Va qaysi bir kishi oʻz bolasini koʻrib turib uni inkor qilsa (undan tonsa), Alloh undan oʻzini pardalab oladi (rahmatini undan toʻsadi) va uni avvalgi va keyingilar (butun xaloyiq) oldida sharmanda qiladi».