وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِن لِي امْرَأَةً لَا تَرُدُّ يَدَ لَامِسٍ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «طَلِّقْهَا» قَالَ: إِنِّي أُحِبُّها قَالَ: «فأمسِكْهَا إِذا» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَقَالَ النَّسَائِيُّ: رَفَعَهُ أَحَدُ الرُّوَاةِ إِلَى ابْنِ عَبَّاسٍ وَأَحَدُهُمْ لَمْ يرفعهُ قَالَ: وَهَذَا الحَدِيث لَيْسَ بِثَابِت
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ huzuriga kelib: «Mening bir xotinim borki, u oʻziga qoʻl uzatgan (yaqinlik istagan) hech kimni rad qilmaydi», dedi. Nabiy ﷺ: «Uni taloq qil», dedilar. U: «Men uni yaxshi koʻraman», dedi. U zot: «Unda uni (nikohingda) ushlab tur», dedilar. Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilgan. Nasoiy: «Roviylardan biri uni Ibn Abbosga marfuʼ qilgan, biri esa marfuʼ qilmagan», dedi va: «Bu hadis sobit emas», dedi.