وَعَن جابرِ بنِ عتيكٍ أَنَّ نَبِيَّ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ الْغَيْرَةِ مَا يُحِبُّ اللَّهُ وَمِنْهَا مَا يُبْغِضُ اللَّهُ فَأَمَّا الَّتِي يُحِبُّهَا اللَّهُ فَالْغَيْرَةُ فِي الرِّيبَةِ وَأَمَّا الَّتِي يُبْغِضُهَا اللَّهُ فَالْغَيْرَةُ فِي غَيْرِ رِيبَةٍ وَإِنَّ مِنَ الْخُيَلَاءِ مَا يُبْغِضُ اللَّهُ وَمِنْهَا مَا يُحِبُّ اللَّهُ فَأَمَّا الْخُيَلَاءُ الَّتِي يُحِبُّ اللَّهُ فَاخْتِيَالُ الرَّجُلِ عِنْدَ الْقِتَالِ وَاخْتِيَالُهُ عِنْدَ الصَّدَقَةِ وَأَمَّا الَّتِي يُبْغِضُ اللَّهُ فَاخْتِيَالُهُ فِي الْفَخْرِ» وَفِي رِوَايَةٍ: «فِي الْبَغْيِ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ
Jobir ibn Atik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Nabiysi ﷺ shunday der edilar: «Rashkning baʼzisini Alloh sevadi, baʼzisini esa Alloh yomon koʻradi. Alloh sevadigan rashk shubha oʻrnida boʻlgan rashkdir; Alloh yomon koʻradigan rashk esa shubha boʻlmagan oʻrindagi rashkdir. Takabburlikning ham baʼzisini Alloh yomon koʻradi, baʼzisini esa Alloh sevadi. Alloh sevadigan takabburlik — kishining jang chogʻida oʻzini kibrli tutishi va sadaqa berayotgan chogʻidagi kibridir; Alloh yomon koʻradigan takabburlik esa zulm-tajovuz oʻrnidagi kibridir». Muso (rivoyatida): «va maqtanish (oʻrnidagi kibrdir)», dedi.