عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ قَالَ: قَامَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ فَلَانًا ابْنِي عَاهَرْتُ بِأُمِّهِ فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا دِعْوَةَ فِي الْإِسْلَامِ ذَهَبَ أَمْرُ الْجَاهِلِيَّةِ الْوَلَدُ لِلْفِرَاشِ وَلِلْعَاهِرِ الْحَجَرُ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Amr ibn Shuʼayb otasidan, u esa bobosidan rivoyat qilib aytadi: Bir kishi oʻrnidan turib: «Ey Allohning Rasuli, falonchi mening oʻgʻlimdir, men johiliyat davrida uning onasi bilan zino qilgan edim», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Islomda (zinodan boʻlgan bola uchun) daʼvo (nasab biriktirish) yoʻqdir. Johiliyat ishi ketdi. Bola toʻshakka tegishlidir, zinokorga esa tosh (mahrumlik) bordir», dedilar.