وَعَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: وَهَبَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ غلامين أَخَوَيْنِ فَبعث أَحدهمَا فَقَالَ لي رَسُول صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا عَلِيُّ مَا فَعَلَ غُلَامُكَ؟» فَأَخْبَرْتُهُ. فَقَالَ: «رُدُّهُ رُدُّهُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ menga aka-uka boʻlgan ikki qulni hadya qildilar. Men ulardan birini sotib yubordim. Shunda Rasululloh ﷺ menga: «Ey Ali, quling nima boʻldi?» dedilar. Men u zotga (sotganimni) aytdim. U zot: «Uni qaytar, uni qaytar!» dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Nabiy ﷺning sahobalaridan va boshqalardan boʻlgan baʼzi ilm ahli savdoda asirlar orasini, ona bilan bolasi orasini, ota bilan bolasi orasini hamda aka-ukalar va opa-singillar orasini ajratishni makruh sanaganlar. Baʼzi ilm ahli esa Islom yurtida tugʻilgan (qullar) orasini ajratishga ruxsat berganlar. Birinchi soʻz koʻproq sahihdir. Ibrohim an-Naxaiydan rivoyat qilinishicha, u savdoda ona bilan bolasi orasini ajratgan ekan, bu haqda undan soʻralganda: «Men buni undan (onadan) ruxsat soʻragan edim, u rozi boʻldi», debdi.