وَعَنْهُ أَنَّهُ فَرَّقَ بَيْنَ جَارِيَةٍ وَوَلَدِهَا فَنَهَاهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ ذَلِكَ فردَّ البَيعَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد مُنْقَطِعًا
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u bir choʻri bilan uning bolasi orasini ajratdi. Shunda Paygʻambar ﷺ uni bundan qaytardilar va savdoni bekor qildilar. Abu Dovud aytadi: Maymun (ibn Abu Shabib) Aliga yetishmagan (uni koʻrmagan). U (Maymun) Jamojimda oʻldirilgan, Jamojim esa sakson uchinchi yildadir. Abu Dovud aytadi: Harra (jangi) oltmish uchinchi yilda boʻlgan, Ibn az-Zubayr esa yetmish uchinchi yilda oʻldirilgan.