وَعَنْ أَبِي بَكْرٍ الصِّدِّيقِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ سَيِّئُ الْمَلَكَةِ» . قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَلَيْسَ أَخْبَرْتَنَا أَنَّ هَذِهِ الْأُمَّةَ أَكْثَرُ الْأُمَمِ مَمْلُوكِينَ وَيَتَامَى؟ قَالَ: «نَعَمْ فَأَكْرِمُوهُمْ كَكَرَامَةِ أَوْلَادِكُمْ وَأَطْعِمُوهُمْ مِمَّا تَأْكُلُونَ» . قَالُوا: فَمَا تنفعنا الدُّنْيَا؟ قَالَ: «فَرَسٌ تَرْتَبِطُهُ تُقَاتِلُ عَلَيْهِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَمَمْلُوكٌ يَكْفِيكَ فَإِذَا صَلَّى فَهُوَ أَخُوكَ» . رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ
Abu Bakr as-Siddiq (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qoʻli ostidagilarga yomonlik qiluvchi kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, siz bizga ushbu ummat ummatlar orasida qullar va yetimlari eng koʻp boʻlgani haqida xabar bermaganmidingiz?» deyishdi. U zot: «Ha, bas, ularni oʻz farzandlaringizni hurmatlaganingizdek hurmatlanglar va oʻzlaringiz yeydigan narsadan ularga ham yediringlar», dedilar. Ular: «Bu dunyoda bizga nima manfaat qiladi?» deyishdi. U zot: «Alloh yoʻlida jang qilish uchun bogʻlab qoʻygan oting, senga kifoya qiladigan quling — agar u namoz oʻqisa, u sening birodaringdir», dedilar.