عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: عُرِضْتُ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَامَ أُحُدٍ وَأَنَا ابْنُ أَرْبَعَ عَشْرَةَ سَنَةً فَرَدَّنِي ثُمَّ عُرِضْتُ عَلَيْهِ عَامَ الْخَنْدَقِ وَأَنَا ابْنُ خَمْسَ عَشْرَةَ سَنَةً فَأَجَازَنِي فَقَالَ عُمَرُ بْنُ عَبْدِ الْعَزِيزِ: هَذَا فَرْقُ مَا بَين الْمُقَاتلَة والذرية
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Uhud yili men oʻn toʻrt yoshda ekanimda Rasululloh ﷺ ga (jangga) koʻrsatildim, u zot meni qaytardilar. Soʻngra Xandaq yili men oʻn besh yoshda ekanimda u zotga koʻrsatildim, u zot menga (jangda qatnashishga) ruxsat berdilar. Shunda Umar ibn Abdulaziz (rahimahulloh): «Bu jangchilar bilan bolalar orasidagi farqdir», dedi. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.