وَعَنْ أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا كَانَ عِنْدَ مكَاتب إحداكن وَفَاء فلنحتجب مِنْهُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ
Ummu Salama (roziyallohu anho) aytadi: Rasululloh ﷺ: «Qachonki sizlardan (ayollardan) birining mukotabida (ozodlik pulini) ado etadigan (mol) boʻlsa, u (ayol) undan hijobga (parda)ga oʻtsin», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hasan sahih hadisdir. Ilm ahlining nazarida bu hadisning maʼnosi ehtiyotkorlikka (taqvoga) hamldir. Ular: «Mukotab oʻzida (ozodlik pulini) ado etadigan mol boʻlsa ham, toki uni ado etmaguncha ozod boʻlmaydi», dedilar.