وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " مَنْ كَاتَبَ عَبْدَهُ عَلَى مِائَةِ أُوقِيَّةٍ فَأَدَّاهَا إِلَّا عَشْرَ أَوَاقٍ أَوْ قَالَ: عَشْرَةَ دَنَانِيرَ ثُمَّ عَجَزَ فَهُوَ رَقِيقٌ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد وَابْن مَاجَه
Amr ibn Shuayb otasidan, u bobosi Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qiladi: U aytdi: Men Rasululloh ﷺning xutba qilib turib: «Kim oʻz qulini yuz uqiya (kumush)ga mukotab qilsa-yu, u oʻn uqiyadan — yoki: oʻn dirhamdan — boshqasini ado etib, soʻng (qolganini toʻlashga) ojizlik qilsa, u (yana) quldir», deganlarini eshitdim. Abu Iso aytdi: Bu gʻarib hadisdir. Nabiy ﷺning sahobalari va boshqalaridan iborat aksar ilm ahli shunga amal qiladilarki, mukotab oʻz kitobatidan (ozodlik puli)dan biror narsa qolar ekan, quldir.