وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا أَصَابَ الْمُكَاتَبُ حَدًّا أَوْ مِيرَاثًا وَرِثَ بِحِسَابِ مَا عَتَقَ مِنْهُ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَفِي رِوَايَةٍ لَهُ قَالَ: «يُودَى الْمُكَاتَبُ بِحِصَّةِ مَا أَدَّى دِيَةَ حر وَمَا بَقِي دِيَة عبد» . وَضَعفه الفص الثَّالِث
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Mukotabga (ozodlik shartnomasi tuzgan qulga) bir had (jarima puli) yoki meros tegsa, u ozod boʻlgan qismi hisobiga meros oladi», dedilar. Nabiy ﷺ yana: «Mukotab (qonni toʻlashda) toʻlagan qismi miqdoricha hur (ozod) kishining diyatini, qolgan qismi miqdoricha qulning diyatini ado etadi», dedilar. Bu bobda Ummu Salamadan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Ibn Abbosning hadisi hasan hadisdir. Nabiy ﷺning baʼzi sahobalari va boshqalaridan iborat ilm ahlining bir qismi shu hadisga amal qiladilar. Nabiy ﷺning sahobalari va boshqalaridan iborat aksar ilm ahli esa: «Mukotabning zimmasida bir dirham qolgan boʻlsa ham, u quldir», dedilar. Bu Sufyon as-Savriy, Shofiʼiy, Ahmad va Ishoqning soʻzidir.