عَوْفِ بْنِ مَالِكٍ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَرَأَيْتَ ابْنَ عَم لي آتيه فَلَا يُعْطِينِي وَلَا يَصِلُنِي ثُمَّ يَحْتَاجُ إِلَيَّ فَيَأْتِينِي فَيَسْأَلُنِي وَقَدْ حَلَفْتُ أَنْ لَا أُعْطِيَهُ وَلَا أَصِلَهُ فَأَمَرَنِي أَنْ آتِيَ الَّذِي هُوَ خَيْرٌ وَأُكَفِّرَ عَنْ يَمِينِي. رَوَاهُ النَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَفِي رِوَايَةٍ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ يَأْتِينِي ابْنُ عَمِّي فَأَحْلِفُ أَنْ لَا أُعْطِيَهُ وَلَا أَصِلَهُ قَالَ: «كَفِّرْ عَنْ يَمِينِكَ»
Molik ibn Nazla (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men: «Ey Rasululloh, aytingchi, mening bir amakivachcham bor, men uning oldiga borib, undan soʻrasam, u menga hech narsa bermaydi va men bilan aloqasini uzadi. Soʻng u menga muhtoj boʻlib qolsa, oldimga kelib, mendan soʻraydi. Men esa unga hech narsa bermaslikka va u bilan aloqa qilmaslikka qasam ichib qoʻyganman», dedim. Shunda u zot meni yaxshiroq boʻlganini qilishga va qasamimga kafforat toʻlashga buyurdilar.