عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ وَابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ قَالَا: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا تَنْذُرُوا فَإِنَّ النَّذْرَ لَا يُغْنِي مِنَ الْقَدَرِ شَيْئًا وَإِنَّمَا يُسْتَخْرَجُ بِهِ من الْبَخِيل»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Nazr qilmanglar, chunki nazr qadardan biror narsani qaytarmaydi, u faqat baxil kishidan (mol) chiqarib oladi, xolos», dedilar. Roviy aytdi: Bu bobda Ibn Umardan ham (rivoyat bor). Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi hasan hadisdir. Nabiy ﷺning sahobalaridan va boshqalardan boʻlgan baʼzi ilm ahli amal shunda boʻlib, ular nazrni makruh sanaganlar. Abdulloh ibn Muborak aytdi: Nazrdagi makruhlik toatda ham, maʼsiyatda ham boʻladi; agar kishi toatga nazr qilib, uni bajo keltirsa, unga buning ajri bor, biroq nazr qilishi unga makruh boʻladi.