وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جدِّهِ عَن سُراقةَ بنِ مالكٍ قَالَ: حَضَرْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُقِيدُ الْأَبَ مِنِ ابْنِهِ وَلَا يُقِيدُ الِابْنَ من أَبِيه. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ (لم تتمّ دراسته) وَضَعفه
Suroqa ibn Molik ibn Juʼshum (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh ﷺni otani oʻgʻli (uchun) qasos qildirib, oʻgʻilni otasi (uchun) qasos qildirmagani holida koʻrdim», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadisni biz Suroqaning hadisidan faqat shu vajh orqaligina bilamiz, uning isnodi sahih emas. Uni Ismoil ibn Ayyosh al-Musanno ibn as-Sabbohdan rivoyat qilgan. Al-Musanno ibn as-Sabboh esa hadisda zaif sanaladi. Bu hadisni Abu Xolid al-Ahmar ham Hajjoj ibn Artotdan, u Amr ibn Shuaybdan, u otasidan, u bobosidan, u Umardan, u Paygʻambar ﷺdan rivoyat qilgan. Bu hadis Amr ibn Shuaybdan mursal holida ham rivoyat qilingan. Bu hadisda izitirob (chalkashlik) bor. Ahli ilm huzurida amal mana shunga koʻradir: ota oʻgʻlini oʻldirsa, uning (uchun) oʻldirilmaydi, oʻgʻlini qazf qilsa (zino bilan ayblasa), unga had (jazosi) berilmaydi.