وَعَن الْحسن عَن سَمُرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ قَتَلَ عَبْدَهُ قَتَلْنَاهُ وَمَنْ جَدَعَ عَبْدَهُ جَدَعْنَاهُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ وَالدَّارِمِيُّ وَزَادَ النَّسَائِيُّ فِي رِوَايَةٍ أُخْرَى: «وَمن خصى عَبده خصيناه»
Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim qulini oʻldirsa, biz uni oʻldiramiz, kim qulining (aʼzosini) kessa, biz ham uning (aʼzosini) kesamiz», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Tobeʼinlardan baʼzi ilm ahli, jumladan Ibrohim an-Naxaʼiy shunga qaror qilganlar. Baʼzi ilm ahli, jumladan Hasan al-Basriy va Atoʼ ibn Abu Raboh: «Hur (ozod kishi) bilan qul oʻrtasida na jonda, na jondan boshqa (aʼzolarda) qasos boʻlmaydi», deganlar. Bu Ahmad va Ishoqning soʻzidir. Baʼzilari esa: «Agar oʻz qulini oʻldirsa, uning evaziga oʻldirilmaydi, agar boshqaning qulini oʻldirsa, uning evaziga oʻldiriladi», deganlar. Bu Sufyon as-Savriy va Kufa ahlining soʻzidir.