وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " مَنْ قَتَلَ مُتَعَمِّدًا دُفِعَ إِلَى أولياءِ المقتولِ فإِنْ شاؤوا قَتَلوا وإِنْ شَاؤوا أَخَذُوا الدِّيَةَ: وَهِيَ ثَلَاثُونَ حِقَّةً وَثَلَاثُونَ جَذَعَةً وَأَرْبَعُونَ خَلِفَةً وَمَا صَالَحُوا عَلَيْهِ فَهُوَ لَهُمْ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abdulloh ibn Amr ibn Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim bir moʻminni qasddan oʻldirsa, u oʻldirilganning vorislariga topshiriladi. Agar xohlasalar uni oʻldiradilar, xohlasalar diyat oladilar; u diyat oʻttizta hiqqa, oʻttizta jazaʼa va qirqta xalifa (homilador tuya)dir. (Bundan ziyod) nimaga sulh qilsalar, u oʻzlariniki boʻladi», dedilar. Bu esa qon (toʻlovi)ni ogʻirlashtirish uchundir. Abu Iso aytdi: Abdulloh ibn Amrning hadisi hasan gʻaribdir.