وَعَن طَاوُوس عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ قُتِلَ فِي عِمِّيَّةٍ فِي رَمْيٍ يَكُونُ بَيْنَهُمْ بِالْحِجَارَةِ أَوْ جَلْدٍ بِالسِّيَاطِ أَوْ ضَرْبٍ بِعَصًا فَهُوَ خَطَأٌ عقله الْخَطَأِ وَمَنْ قَتَلَ عَمْدًا فَهُوَ قَوَدٌ وَمَنْ حَالَ دُونَهُ فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللَّهِ وَغَضَبُهُ لَا يُقْبَلُ مِنْهُ صَرْفٌ وَلَا عَدْلٌ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Tovus oʻz rivoyatida: «Kim oʻldirilsa…» dedi. Ibn Ubayd esa oʻz rivoyatida: Rasululloh ﷺ: «Kim odamlar orasida toshlar otish, qamchilar bilan urish yoki tayoq bilan urish chogʻidagi koʻr-koʻrona toʻqnashuvda oʻldirilsa, bu xatodir va uning diyati xato (qotillik) diyatidir. Kim qasddan oʻldirilsa, qasos vojibdir», dedilar. Ibn Ubayd: «Qoʻl qasosi (vojibdir)», dedi. Soʻng (ikki rivoyat) bir xil davom etadi: «Kim uning oʻrtasiga (kirib, qasosga) toʻsqinlik qilsa, unga Allohning laʼnati va gʻazabi boʻlsin, undan na nafl, na farz amal qabul qilinmaydi». Sufyonning hadisi toʻliqroqdir.