عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " أَلَا إِنَّ دِيَةَ الْخَطَأِ شِبْهِ الْعَمْدِ مَا كَانَ بِالسَّوْطِ وَالْعَصَا مِائَةٌ مِنَ الإِبلِ: مِنْهَا أربعونَ فِي بطونِها أولادُها ". رَوَاهُ النسائيُّ وَابْن مَاجَه والدارمي وَرَوَاهُ أَبُو دَاوُد عَنهُ وَابْن مَاجَه وَعَن ابْن عمر. وَفِي «شَرْحِ السُّنَّةِ» لَفْظُ «الْمَصَابِيحِ» عَنِ ابْنِ عمر
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Makka fathi kuni xutba qilib, uch marta takbir aytdilar. Soʻng: «Lo ilaha illalloh, U yolgʻizdir, vaʼdasini rost qildi, bandasiga nusrat berdi va guruhlarni yolgʻiz oʻzi tor-mor qildi», dedilar. (Roviy aytadi:) Mana shu yergacha Musaddaddan eslab qoldim. Soʻng (ikki rivoyat) bir xil davom etadi: «Ogoh boʻlinglar! Johiliyatda zikr etilib, daʼvo qilingan har bir faxr-imtiyoz, qon yoki mol (haqidagi daʼvolar) qadamlarim ostidadir, faqat hojilarga suv berish va Kaʼbani parvarish qilishdan boshqasi (qoladi)». Soʻng: «Ogoh boʻlinglar! Qasdga oʻxshash xato qotillik diyati, yaʼni qamchi va tayoq bilan boʻlgani — yuztta tuyadir, ulardan qirqtasi qornida bolasi bor (homilador tuya)dir», dedilar. Musaddadning hadisi toʻliqroqdir.