وَعَنْ أَبِي بَكْرِ بْنِ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرِو بْنِ حَزْمٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَتَبَ إِلَى أَهْلِ الْيَمَنِ وَكَانَ فِي كِتَابِهِ: «أَنَّ مَنِ اعْتَبَطَ مُؤْمِنًا قَتْلًا فَإِنَّهُ قَوَدُ يَدِهِ إِلَّا أَنْ يَرْضَى أَوْلِيَاءُ الْمَقْتُولِ» وَفِيهِ: «أَنَّ الرَّجُلَ يُقْتَلُ بِالْمَرْأَةِ» وَفِيهِ: «فِي النَّفْسِ الدِّيَةُ مِائَةٌ مِنَ الْإِبِلِ وَعَلَى أَهْلِ الذَّهَبِ أَلْفُ دِينَارٍ وَفِي الْأَنْفِ إِذَا أُوعِبَ جَدْعُهُ الدِّيَةُ مِائَةٌ مِنَ الْإِبِلِ وَفِي الْأَسْنَانِ الدِّيَةُ وَفِي الشفتين الدِّيَة وَفِي البيضين الدِّيةُ وَفِي الذَّكرِ الدِّيةُ وَفِي الصُّلبِ الدِّيَةُ وَفِي الْعَيْنَيْنِ الدِّيَةُ وَفِي الرِّجْلِ الْوَاحِدَةِ نِصْفُ الدِّيَةِ وَفِي الْمَأْمُومَةِ ثُلُثُ الدِّيَةِ وَفِي الجائفَةِ ثلث الدِّيَة وَفِي المنقلة خمس عشر مِنَ الْإِبِلِ وَفِي كُلِّ أُصْبُعٍ مِنْ أَصَابِعِ الْيَدِ وَالرِّجْلِ عَشْرٌ مِنَ الْإِبِلِ وَفِي السِّنِّ خَمْسٌ مِنَ الْإِبِلِ» . رَوَاهُ النَّسَائِيُّ وَالدَّارِمِيُّ وَفِي رِوَايَةِ مَالِكٍ: «وَفِي الْعَيْنِ خَمْسُونَ وَفِي الْيَدِ خَمْسُونَ وَفِي الرِّجْلِ خَمْسُونَ وَفِي الْمُوضِحَةِ خَمْسٌ»
Amr ibn Hazm (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Yaman ahliga farzlar, sunnatlar va diyatlar bayon etilgan bir maktub yozib, uni Amr ibn Hazm bilan yubordilar va u Yaman ahliga oʻqib berildi. Uning nusxasi bunday edi: «Muhammad Nabiy ﷺdan Shurahbil ibn Abdukulol, Nuaym ibn Abdukulol va Horis ibn Abdukulolga, Zu Ruaynning, Maofir va Hamdonning boshligʻiga. Ammo baʼd». Uning maktubida shu ham bor edi: «Kim bir moʻminni dalil bilan sababsiz oʻldirsa, oʻldirilganning vorislari rozi boʻlmaguncha, unga qasos boʻladi. Jonda diyat yuzta tuyadir. Burun tamomila kesib tashlansa, unda diyat bor. Tilda diyat bor. Ikki labda diyat bor. Ikki moyakda diyat bor. Zakarda diyat bor. Umurtqada diyat bor. Ikki koʻzda diyat bor. Bir oyoqda diyatning yarmi bor. Miyaga yetgan bosh yarasida diyatning uchdan biri bor. Ich boʻshligʻiga yetgan yarada diyatning uchdan biri bor. Suyakni surib yuboradigan yarada oʻn beshta tuya bor. Qoʻl va oyoq barmoqlarining har birida oʻnta tuya bor. Tishda beshta tuya bor. Suyakni ochib yuboradigan yarada beshta tuya bor. Erkak ayol uchun oʻldiriladi. Oltin egalari zimmasida ming dinor bor». Buni Muhammad ibn Bakkor ibn Bilol boshqacharoq rivoyat qildi.