وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ: أَنَّ رَجُلًا مِنْ بَنِي بَكْرِ بْنِ لَيْثٍ أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَقَرَّ أَنَّهُ زَنَى بِامْرَأَةٍ أَرْبَعَ مَرَّاتٍ فَجَلَدَهُ مِائَةً وَكَانَ بِكْرًا ثُمَّ سَأَلَهُ الْبَيِّنَةَ عَلَى الْمَرْأَةِ فَقَالَتْ: كَذَبَ وَاللَّهِ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَجُلِدَ حَدَّ الْفِرْيَةِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Muhammad ibn Yahyo ibn Foris bizga Muso ibn Horun al-Burdiydan, u Hishom ibn Yusufdan, u Qosim ibn Fayyoz al-Abnoviydan, u Xallod ibn Abdurrahmondan, u Ibn al-Musayyabdan, u Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qildi: Bakr ibn Lays (qabilasi)dan bir kishi Paygʻambar ﷺning oldilariga keldi va bir ayol bilan zino qilganini toʻrt marta iqror qildi. Shunda (Rasululloh ﷺ) unga yuz qamchi urdilar, chunki u (uylanmagan) boʻydoq edi. Soʻng (Rasululloh ﷺ) undan ayolga qarshi dalil (guvoh) soʻradilar. Ayol esa: «U yolgʻon aytdi, Allohga qasamki, ey Rasululloh!» dedi. Shunda (Rasululloh ﷺ) unga bohtonning (yolgʻon ayblovning) hadi — sakson qamchi urdilar.