وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: لَمَّا نَزَلَ عُذْرِي قَامَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى الْمِنْبَرِ فَذَكَرَ ذَلِكَ فَلَمَّا نَزَلَ مِنَ الْمِنْبَرِ أَمَرَ بِالرَّجُلَيْنِ وَالْمَرْأَةِ فَضُرِبُوا حَدَّهُمْ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Qutayba ibn Said as-Saqafiy va Molik ibn Abdulvohid al-Mismaʼiy bizga rivoyat qildilar — bu (lafz) uning (Molikning) hadisidir — Ibn Abu Adiy ularga Muhammad ibn Ishoqdan, u Abdulloh ibn Abu Bakrdan, u Amradan, u Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qildi. U dedi: Mening pokligimni (tasdiqlovchi oyat) nozil boʻlgach, Paygʻambar ﷺ minbarga chiqdilar va u haqda zikr qildilar hamda (Qurʼonni) tilovat qildilar. Minbardan tushganlaridan soʻng ikki erkak va bir ayol haqida (had urishni) buyurdilar va ularga hadlari urildi.