عَنْ نَافِعٍ: أَنَّ صَفِيَّةَ بِنْتَ أَبِي عُبَيْدٍ أَخْبَرَتْهُ أَنَّ عَبْدًا مِنْ رَقِيقِ الْإِمَارَةِ وَقَعَ على وليدةٍ من الخُمسِ فاستَكرهَها حَتَّى افتضَّها فَجَلَدَهُ عُمَرُ وَلَمْ يَجْلِدْهَا مِنْ أَجْلِ أَنَّهُ استكرهها. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Safiya binti Abu Ubayd (rahimahalloh) xabar berishicha, amirlikning qullaridan boʻlgan bir qul xumusdan (gʻanimatning beshdan biridan) boʻlgan bir choʻri ayolga tajovuz qilib, uni majburladi va uning bokiraligini buzdi. Shunda Umar unga had (jazosi)ni urdi va uni surgun qildi, lekin choʻri ayolni — uni majburlagani sababli — uni urmadi. Zuhriy bokira choʻri ayolni hur kishi majburlab bokiraligini buzgani haqida shunday dedi: Hokim oʻsha bokira choʻri ayolning qiymatiga yarasha (toʻlovni) belgilaydi va (hur kishiga) had uriladi. Imomlarning qarorida tul (beva) choʻri ayol haqida (mol) toʻlovi yoʻq, lekin unga had (jazosi) lozim boʻladi.