وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَيْسَ عَلَى خَائِنٍ وَلَا مُنْتَهِبٍ وَلَا مُخْتَلِسٍ قَطْعٌ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ والدارمي
Jobir (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Xiyonat qiluvchiga ham, talon-toroj qiluvchiga ham, oʻgʻirlab qochuvchiga ham (qoʻl) kesish (jazosi) yoʻq», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Ilm ahlining amali shu (hadisga binoan)dir. Mugʻiyra ibn Muslim ham buni Abuz-Zubayrdan, u Jobirdan, u Nabiy ﷺdan Ibn Jurayjning hadisiga oʻxshash rivoyat qilgan. Mugʻiyra ibn Muslim basralik boʻlib, Abdulaziz Qasmaliyning akasidir — Ali ibn Madiniy shunday degan.