وَعَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْأَزْهَرِ قَالَ: كَأَنِّي أَنْظُرُ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذْ أُتِيَ بِرَجُلٍ قَدْ شَرِبَ الْخَمْرَ فَقَالَ لِلنَّاسِ: «اضْرِبُوهُ» فَمِنْهُمْ مَنْ ضَرَبَهُ بِالنِّعَالِ وَمِنْهُمْ مَنْ ضَرَبَهُ بِالْعَصَا وَمِنْهُمْ مَنْ ضَرَبَهُ بِالْمِيتَخَةِ. قَالَ ابْنُ وَهْبٍ: يَعْنِي الْجَرِيدَةَ الرَّطْبَةَ ثُمَّ أَخَذَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تُرَابًا مِنَ الْأَرْضِ فَرَمَى بِهِ فِي وجهِه. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdurrahmon ibn Azhar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytadi: Goʻyo men Rasululloh ﷺni hozir koʻrib turgandekman, u zot manzilgohlar orasida Xolid ibnul-Validning manzilini izlab yurardilar. Shu holatda turganlarida, oldilariga aroq ichgan bir kishi keltirildi. U zot odamlarga: «Uni uringlar!» dedilar. Shunda ulardan baʼzilari uni poyabzallari bilan urdi, baʼzilari uni hassa bilan urdi, baʼzilari uni mitaxa bilan urdi. — Ibn Vahb: mitaxa hoʻl xurmo shoxidir, dedi. — Soʻng Rasululloh ﷺ yerdan bir hovuch tuproq olib, uning yuziga sepdilar.