وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أُتِيَ بِرَجُلٍ قَدْ شربَ الخمرَ فَقَالَ: «اضْرِبُوهُ» فَمِنَّا الضَّارِبُ بِيَدِهِ وَالضَّارِبُ بِثَوْبِهِ وَالضَّارِبُ بِنَعْلِهِ ثُمَّ قَالَ: «بَكِّتُوهُ» فَأَقْبَلُوا عَلَيْهِ يَقُولُونَ: مَا اتَّقَيْتَ اللَّهَ مَا خَشِيتَ اللَّهَ وَمَا اسْتَحْيَيْتَ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ بَعْضُ الْقَوْمِ: أَخْزَاكَ اللَّهُ. قَالَ: " لَا تَقُولُوا هَكَذَا لَا تُعِينُوا عَلَيْهِ الشَّيْطَانَ وَلَكِنْ قُولُوا: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لَهُ اللَّهُمَّ ارْحَمْهُ ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning huzurlariga xamr ichgan bir kishi keltirildi. U zot: «Uni uringlar», dedilar. Bizdan kimdir uni qoʻli bilan, kimdir kiyimi bilan, kimdir kavushi bilan urardi. Soʻng u zot: «Uni koyinglar», dedilar. Shunda ular unga yuzlanib: «Allohdan qoʻrqmadingmi, Allohdan hazar qilmadingmi, Rasululloh ﷺdan uyalmadingmi?», dedilar. Qavmdan baʼzilari: «Alloh seni rasvo qilsin!», dedilar. U zot: «Bunday demanglar, unga qarshi shaytonga yordam bermanglar. Balki: ‹Ey Alloh, uni magʻfirat qilgin. Ey Alloh, unga rahm qilgin›, denglar», dedilar. Abu Dovud rivoyat qilgan.