وَعَنْ ثَوْرِ بْنِ زَيْدٍ الدَّيْلِمِيِّ قَالَ: إِنَّ عُمَرَ اسْتَشَارَ فِي حَدِّ الْخَمْرِ فَقَالَ لَهُ عَلِيٌّ: أَرَى أَنْ تَجْلِدَهُ ثَمَانِينَ جَلْدَةً فَإِنَّهُ إِذَا شَرِبَ سَكِرَ وَإِذَا سَكِرَ هَذَى وَإِذَا هذَى افْتَرى فجلدَ عمرُ رَضِي الله عَنهُ فِي حَدِّ الْخَمْرِ ثَمَانِينَ. رَوَاهُ مَالِكٌ
Savr ibn Zayd ad-Daylamiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Umar (roziyallohu anhu) xamr haddi haqida maslahat soʻradi. Ali (roziyallohu anhu) unga: «Menimcha, uni sakson darra ursangiz. Chunki u ichsa mast boʻladi, mast boʻlsa alahsiraydi, alahsirasa boʻhton qiladi», dedi. Shunda Umar (roziyallohu anhu) xamr haddida sakson darra urdi. Molik rivoyat qilgan.