وَعَنْ جَابِرٍ أَنَّ رَجُلًا قَدِمَ مِنَ الْيَمَنِ فَسَأَلَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ شَرَابٍ يَشْرَبُونَهُ بِأَرْضِهِمْ مِنَ الذُّرَةِ يُقَالُ لَهُ الْمِزْرُ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أوَ مُسْكِرٌ هُوَ؟» قَالَ: نَعَمْ قَالَ: «كُلُّ مُسْكِرٍ حَرَامٌ إِنَّ عَلَى اللَّهِ عَهْدًا لِمَنْ يَشْرَبُ الْمُسْكِرَ أَنْ يَسْقِيَهُ مِنْ طِينَةِ الْخَبَالِ» . قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ وَمَا طِينَةُ الْخَبَالِ؟ قَالَ: «عَرَقُ أَهْلِ النَّارِ أَوْ عُصَارَةُ أَهْلِ النَّارِ» . رَوَاهُ مُسلم
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Jayshondan — Jayshon esa Yamandadir — bir kishi kelib, Nabiy ﷺ dan oʻz yurtlarida joʻxoridan tayyorlanadigan, ‹mizr› deb ataladigan bir ichimlik haqida soʻradi. Shunda Nabiy ﷺ: «U mast qiladimi?» — dedilar. U: «Ha», — dedi. Rasululloh ﷺ: «Har qanday mast qiluvchi narsa haromdir. Albatta, Aziz va Jalil Alloh mast qiluvchini ichgan kishiga tinat al-xabaldan ichirishni oʻz zimmasiga olgan», — dedilar. Ular: «Yo Rasululloh! Tinat al-xabal nima?» — deyishdi. U zot: «Doʻzax ahlining teri (suvi) yoki doʻzax ahlining (badanidan oqib chiqqan) sharbatidir», — dedilar.