وَعَنْ أَبِي قَتَادَةَ: أَنَّ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى عَنْ خَلِيطِ التَّمْرِ وَالْبُسْرِ وَعَنْ خَلِيطِ الزَّبِيبِ وَالتَّمْرِ وَعَنْ خَلِيطِ الزَّهْوِ وَالرُّطَبِ. وَقَالَ: «انْتَبِذُوا كُلَّ وَاحِدٍ عَلَى حِدَةٍ» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Nabiysi ﷺ quruq xurmo bilan goʻrcha xurmoni aralashtirishdan, mayiz bilan quruq xurmoni aralashtirishdan, goʻrcha xurmo bilan yangi xurmoni aralashtirishdan qaytardilar va: «Har birini alohida-alohida nabiz qilinglar», — dedilar.