وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «السَّمعُ والطاعةُ على المرءِ المسلمِ فِيمَا أحب وأكره مَا لَمْ يُؤْمَرْ بِمَعْصِيَةٍ فَإِذَا أُمِرَ بِمَعْصِيَةٍ فَلَا سَمْعَ وَلَا طَاعَةَ»
Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytdi: Rasululloh ﷺ: «Musulmon kishi ustiga, u yoqtirgan va yoqtirmagan narsada (boʻysunish) — eshitish va itoat qilish (vojibdir), agar maʼsiyat (gunoh)ga buyurilmasa. Bordi-yu maʼsiyatga buyurilsa, u holda eshitish ham, itoat qilish ham (vojib) boʻlmaydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Ali, Imron ibn Husayn va Hakam ibn Amr al-Gʻiforiydan ham (rivoyatlar) bor. Bu hadis hasan sahihdir.