وَعَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا طَاعَةَ فِي مَعْصِيَةٍ إِنَّمَا الطَّاعَةُ فِي الْمَعْرُوف»
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Maʼsiyatda (gunoh ishda) itoat yoʻq. Itoat faqat yaxshilikdadir», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.