وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم: «من رأى أميره يَكْرَهُهُ فَلْيَصْبِرْ فَإِنَّهُ لَيْسَ أَحَدٌ يُفَارِقُ الْجَمَاعَةَ شبْرًا فَيَمُوت إِلَّا مَاتَ ميتَة جَاهِلِيَّة»
(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi:) U zot: «Kim oʻz amiridan bir narsani koʻrib, uni yoqtirmasa, sabr qilsin; chunki kim jamoatdan bir qarich (chiqib) ajralsa-yu, soʻng oʻlsa — johiliyat oʻlimi bilan oʻlgan boʻladi», dedilar.