وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَنْ خَرَجَ مِنَ الطَّاعَةِ وَفَارَقَ الْجَمَاعَةَ فَمَاتَ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً وَمَنْ قَاتَلَ تَحْتَ رَايَةٍ عِمِّيَّةٍ يَغْضَبُ لِعَصَبِيَّةٍ أَوْ يَدْعُو لِعَصَبِيَّةٍ أَوْ يَنْصُرُ عَصَبِيَّةً فَقُتِلَ فَقِتْلَةٌ جَاهِلِيَّةٌ وَمَنْ خَرَجَ عَلَى أُمَّتِي بِسَيْفِهِ يَضْرِبُ بَرَّهَا وَفَاجِرَهَا وَلَا يَتَحَاشَى مِنْ مُؤْمِنِهَا وَلَا يَفِي لِذِي عَهْدٍ عَهْدَهُ فَلَيْسَ مِنِّي وَلَسْتُ مِنْهُ» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Kim itoatdan chiqib, jamoadan ajralsa-yu, soʻng oʻlsa, johiliyat oʻlimi bilan oʻlibdi. Kim koʻrlik (asossiz) bayrogʻi ostida — biror qabilachilik (asabiyat) uchun gʻazablanib yoki qabilachilikka chaqirib yoxud qabilasiga yordam berib — jang qilsa va oʻldirilsa, bu johiliyat oʻlimidir. Kim mening ummatimga qarshi chiqib, ularning yaxshisini ham, fojirini (yomonini) ham ursa (oʻldirsa), moʻminidan ham qaytmasa va ahdli (omonlik berilgan) kishining ahdiga vafo qilmasa, u mendan emas, men ham undan emasman», dedilar.